حَدَّثَنَا النُّفَيْلِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عِمْرَانَ الْحَجَبِيُّ، عَنْ جَدَّتِهِ، صَفِيَّةَ بِنْتِ شَيْبَةَ عَنْ عَائِشَةَ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ جَاءَتِ امْرَأَةٌ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي قَدْ وَلَدْتُ غُلاَمًا فَسَمَّيْتُهُ مُحَمَّدًا وَكَنَّيْتُهُ أَبَا الْقَاسِمِ فَذُكِرَ لِي أَنَّكَ تَكْرَهُ ذَلِكَ فَقَالَ " مَا الَّذِي أَحَلَّ اسْمِي وَحَرَّمَ كُنْيَتِي " . أَوْ " مَا الَّذِي حَرَّمَ كُنْيَتِي وَأَحَلَّ اسْمِي " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol Rasululloh ﷺning oldilariga kelib: «Ey Rasululloh! Men bir oʻgʻil tugʻdim va unga Muhammad deb ism qoʻyib, Abul-Qosim deb kunya qoʻydim. Menga, siz buni yomon koʻrar ekansiz, deb aytishdi», dedi. Shunda (u zot): «Mening ismimni halol qilib, kunyamni harom qilgan narsa nima?» yoki «Mening kunyamni harom qilib, ismimni halol qilgan narsa nima?» dedilar.