حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سُلَيْمَانَ الأَنْبَارِيُّ، حَدَّثَنَا ابْنُ نُمَيْرٍ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى، قَالَ حَدَّثَنَا أَصْحَابُ، مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُمْ كَانُوا يَسِيرُونَ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَنَامَ رَجُلٌ مِنْهُمْ فَانْطَلَقَ بَعْضُهُمْ إِلَى حَبْلٍ مَعَهُ فَأَخَذَهُ فَفَزِعَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ يَحِلُّ لِمُسْلِمٍ أَنْ يُرَوِّعَ مُسْلِمًا " .
Abdurrahmon ibn Abu Layloning (rahimahulloh) aytishicha, Muhammad ﷺ ning sahobalari bizga rivoyat qilib aytdilarki, ular Paygʻambar ﷺ bilan birga safarda ketayotgan edilar. Ulardan bir kishi uxlab qoldi. Baʼzilari uning yonidagi arqonga borib uni oldi, shunda u (uygʻonib) qoʻrqib ketdi. Rasululloh ﷺ: «Bir musulmonning boshqa bir musulmonni qoʻrqitishi halol emas», dedilar.