حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، وَسُلَيْمَانُ بْنُ دَاوُدَ، قَالاَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ صَوَّرَ صُورَةً عَذَّبَهُ اللَّهُ بِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يَنْفُخَ فِيهَا وَلَيْسَ بِنَافِخٍ وَمَنْ تَحَلَّمَ كُلِّفَ أَنْ يَعْقِدَ شَعِيرَةً وَمَنِ اسْتَمَعَ إِلَى حَدِيثِ قَوْمٍ يَفِرُّونَ بِهِ مِنْهُ صُبَّ فِي أُذُنِهِ الآنُكُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Kim biror surat yasasa, Alloh uni qiyomat kuni unga jon kiritguniga qadar shu (surat) bilan azoblaydi, holbuki u (hech qachon) jon kirita olmaydi. Kim koʻrmagan tushini koʻrdim deb yolgʻon daʼvo qilsa, u ikki arpa donasini (bir-biriga) tugun qilib bogʻlashga majbur etiladi. Kim oʻzidan qochib, (eshitishidan) yashiringan qavmning gapiga quloq solsa, qiyomat kuni uning qulogʻiga eritilgan qoʻrgʻoshin quyiladi», dedilar.