حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ حَكِيمِ بْنِ الدَّيْلَمِ، عَنْ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ كَانَتِ الْيَهُودُ تَعَاطَسُ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم رَجَاءَ أَنْ يَقُولَ لَهَا يَرْحَمُكُمُ اللَّهُ فَكَانَ يَقُولُ " يَهْدِيكُمُ اللَّهُ وَيُصْلِحُ بَالَكُمْ " .
Abu Burda otasidan rivoyat qiladiki, u kishi aytdi: Yahudiylar Nabiy ﷺning huzurlarida ataylab aksa urishar, u zot ularga «Yarhamukumulloh (Alloh sizlarga rahm qilsin)», deyishlarini umid qilishardi. U zot esa: «Yahdiykumulloh va yuslihu bolakum (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va ahvolingizni isloh qilsin)», derdilar.