حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي عَقِيلٍ، عَنْ سَابِقِ بْنِ نَاجِيَةَ، عَنْ أَبِي سَلاَّمٍ، أَنَّهُ كَانَ فِي مَسْجِدِ حِمْصٍ فَمَرَّ بِهِ رَجُلٌ فَقَالُوا هَذَا خَدَمَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَامَ إِلَيْهِ فَقَالَ حَدِّثْنِي بِحَدِيثٍ سَمِعْتَهُ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَمْ يَتَدَاوَلْهُ بَيْنَكَ وَبَيْنَهُ الرِّجَالُ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ قَالَ إِذَا أَصْبَحَ وَإِذَا أَمْسَى رَضِينَا بِاللَّهِ رَبًّا وَبِالإِسْلاَمِ دِينًا وَبِمُحَمَّدٍ رَسُولاً إِلاَّ كَانَ حَقًّا عَلَى اللَّهِ أَنْ يُرْضِيَهُ " .
Abu Sallom (rahimahulloh)dan rivoyat qilinishicha, u Hims masjidida edi. Bir kishi uning yonidan oʻtdi, shunda odamlar: «Bu kishi Paygʻambar ﷺ ga xizmat qilgan», dedilar. Abu Sallom uning oldiga borib: «Menga Allohning Rasuli ﷺ dan eshitgan, sen bilan u zotning orasida boshqa kishilar oʻtmagan bir hadisni soʻzlab ber», dedi. U kishi aytdi: Men Allohning Rasuli ﷺ ning: «Kim tongga va kechga yetganida: ‹Robb sifatida Allohdan, din sifatida Islomdan va elchi sifatida Muhammaddan rozi boʻldik›, desa, albatta, Alloh uni rozi qilishi (Alloh zimmasidagi) haq boʻladi», deyayotganlarini eshitdim.