حَدَّثَنَا ابْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الْمِقْدَامِ بْنِ شُرَيْحٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا رَأَى نَاشِئًا فِي أُفُقِ السَّمَاءِ تَرَكَ الْعَمَلَ وَإِنْ كَانَ فِي صَلاَةٍ ثُمَّ يَقُولُ " اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا " . فَإِنْ مُطِرَ قَالَ " اللَّهُمَّ صَيِّبًا هَنِيئًا " .
Muʼminlarning onasi Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ osmon ufqida (bulut) paydo boʻlganini koʻrsalar, garchi namozda boʻlsalar ham, qilayotgan ishlarini toʻxtatardilar, soʻng: «Allohumma, inniy aʼuzu bika min sharriho (Ey Allohim, men uning yomonligidan Senga panoh tilayman)», derdilar. Agar yomgʻir yogʻsa: «Allohumma, sayyiban haniʼan (Ey Allohim, manfaatli, totli yomgʻir ber)», derdilar.