حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، وَسَهْلُ بْنُ بَكَّارٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، ح وَحَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، - الْمَعْنَى - عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَنِ اسْتَعَاذَكُمْ بِاللَّهِ فَأَعِيذُوهُ وَمَنْ سَأَلَكُمْ بِاللَّهِ فَأَعْطُوهُ " . وَقَالَ سَهْلٌ وَعُثْمَانُ " وَمَنْ دَعَاكُمْ فَأَجِيبُوهُ " . ثُمَّ اتَّفَقُوا " وَمَنْ آتَى إِلَيْكُمْ مَعْرُوفًا فَكَافِئُوهُ " . قَالَ مُسَدَّدٌ وَعُثْمَانُ " فَإِنْ لَمْ تَجِدُوا فَادْعُوا اللَّهَ لَهُ حَتَّى تَعْلَمُوا أَنْ قَدْ كَافَأْتُمُوهُ " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Kim sizlardan Alloh nomi bilan panoh soʻrasa, unga panoh beringlar. Kim sizlardan Alloh nomi bilan (biror narsa) soʻrasa, unga beringlar». Sahl va Usmon (rivoyatlarida): «Kim sizlarni (mehmonga yoki biror ishga) chaqirsa, unga ijobat qilinglar», deydilar. Soʻng (roviylar) ittifoq qilib (shunday) dedilar: «Kim sizlarga yaxshilik qilsa, unga (xuddi shunday yaxshilik bilan) mukofot beringlar». Musaddad va Usmon (rivoyatlarida): «Agar (mukofot qaytarishga imkon) topmasangiz, unga (yaxshilik) mukofotini berib boʻlganingizni bilguningizcha, u uchun Allohga duo qilinglar», deyilgan.