حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ سَعِيدٍ الْهَمْدَانِيُّ، حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، قَالَ حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ الْحَارِثِ، أَنَّ عُمَرَ بْنَ السَّائِبِ، حَدَّثَهُ أَنَّهُ، بَلَغَهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ جَالِسًا يَوْمًا فَأَقْبَلَ أَبُوهُ مِنَ الرَّضَاعَةِ فَوَضَعَ لَهُ بَعْضَ ثَوْبِهِ فَقَعَدَ عَلَيْهِ ثُمَّ أَقْبَلَتْ أُمُّهُ فَوَضَعَ لَهَا شِقَّ ثَوْبِهِ مِنْ جَانِبِهِ الآخَرِ فَجَلَسَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ أَقْبَلَ أَخُوهُ مِنَ الرَّضَاعَةِ فَقَامَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَجْلَسَهُ بَيْنَ يَدَيْهِ .
Umar ibn as-Soib (rahimahulloh)ga yetib kelishicha, bir kuni Rasululloh ﷺ oʻtirgan edilar, shu payt emizgan otalari keldi. U zot oʻz kiyimlarining bir qismini toʻshab berdilar, u ustiga oʻtirdi. Soʻng emizgan onalari keldi. U zot kiyimlarining boshqa tomonidan ikkinchi qismini toʻshab berdilar, u ham ustiga oʻtirdi. Soʻng emizgan birodarlari keldi. Rasululloh ﷺ uning uchun oʻrinlaridan turib, uni oldilariga oʻtqazdilar.