حَدَّثَنَا الرَّبِيعُ بْنُ نَافِعٍ أَبُو تَوْبَةَ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَيَّانَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَجْلاَنَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم يَشْكُو جَارَهُ فَقَالَ " اذْهَبْ فَاصْبِرْ " . فَأَتَاهُ مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلاَثًا فَقَالَ " اذْهَبْ فَاطْرَحْ مَتَاعَكَ فِي الطَّرِيقِ " . فَطَرَحَ مَتَاعَهُ فِي الطَّرِيقِ فَجَعَلَ النَّاسُ يَسْأَلُونَهُ فَيُخْبِرُهُمْ خَبَرَهُ فَجَعَلَ النَّاسُ يَلْعَنُونَهُ فَعَلَ اللَّهُ بِهِ وَفَعَلَ وَفَعَلَ فَجَاءَ إِلَيْهِ جَارُهُ فَقَالَ لَهُ ارْجِعْ لاَ تَرَى مِنِّي شَيْئًا تَكْرَهُهُ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺning huzurlariga kelib, qoʻshnisidan shikoyat qildi. U zot: «Bor, sabr qil», dedilar. Soʻng u ikki yoki uch marta yana keldi. Shunda u zot: «Bor, narsalaringni yoʻlga chiqarib qoʻy», dedilar. Bas, u narsalarini yoʻlga chiqarib qoʻydi. Odamlar undan (buning sababini) soʻray boshlashdi, u esa ularga (qoʻshnisining) ahvolini aytib berardi. Shunda odamlar (qoʻshnisini): «Alloh unga ana shunday qilsin va ana shunday qilsin», deb laʼnatlay boshlashdi. Bas, qoʻshnisi uning oldiga kelib: «(Uyingga) qayt, mendan oʻzing yoqtirmaydigan biror narsani koʻrmaysan», dedi.