حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا فُضَيْلُ بْنُ عِيَاضٍ، عَنْ حُصَيْنٍ، عَنْ هِلاَلِ بْنِ يِسَافٍ، قَالَ كُنَّا نُزُولاً فِي دَارِ سُوَيْدِ بْنِ مُقَرِّنٍ وَفِينَا شَيْخٌ فِيهِ حِدَّةٌ وَمَعَهُ جَارِيَةٌ فَلَطَمَ وَجْهَهَا فَمَا رَأَيْتُ سُوَيْدًا أَشَدَّ غَضَبًا مِنْهُ ذَاكَ الْيَوْمَ قَالَ عَجَزَ عَلَيْكَ إِلاَّ حُرُّ وَجْهِهَا لَقَدْ رَأَيْتُنَا سَابِعَ سَبْعَةٍ مِنْ وَلَدِ مُقَرِّنٍ وَمَا لَنَا إِلاَّ خَادِمٌ فَلَطَمَ أَصْغَرُنَا وَجْهَهَا فَأَمَرَنَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِعِتْقِهَا .
Hilol ibn Yasof (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi, u dedi: Biz Suvayd ibn Muqarrinning uyiga mehmon boʻlib tushgan edik. Oramizda jahli tez bir chol bor edi, uning yonida bir choʻri bor edi. U choʻrining yuziga tarsaki tortdi. Men Suvaydni oʻsha kunidan koʻra qattiqroq gʻazablanganini hech qachon koʻrmaganman. U: «Uning yuzdan boshqa joyiga (urishga) ojiz qoldingmi? Bizni koʻrgansan, biz Muqarrin farzandlaridan yetti kishi edik, bizning bir xizmatkorimizdan boshqa hech narsamiz yoʻq edi. Bas, eng kichigimiz uning yuziga tarsaki tortgan edi, Nabiy ﷺ bizga uni ozod qilishni amr etdilar», dedi.