حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَجُلاً، اطَّلَعَ مِنْ بَعْضِ حُجَرِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَامَ إِلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِمِشْقَصٍ أَوْ مَشَاقِصَ - قَالَ - فَكَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَخْتِلُهُ لِيَطْعُنَهُ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Nabiy ﷺning hujralaridan biriga (moʻralab) qaragan edi. Shunda Rasululloh ﷺ unga qarab bir paykon yoki bir necha paykon (oʻtkir tig) bilan turdilar. (Anas) dedi: «Goʻyo men hozir ham Rasululloh ﷺni unga (sezdirmay) yashirinib, sanchish uchun yaqinlashayotganlarini koʻrib turganday boʻlaman».