حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، أَخْبَرَنَا خَالِدٌ، عَنْ حُصَيْنٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى، عَنْ أُسَيْدِ بْنِ حُضَيْرٍ، - رَجُلٍ مِنَ الأَنْصَارِ - قَالَ بَيْنَمَا هُوَ يُحَدِّثُ الْقَوْمَ وَكَانَ فِيهِ مِزَاحٌ بَيْنَا يُضْحِكُهُمْ فَطَعَنَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فِي خَاصِرَتِهِ بِعُودٍ فَقَالَ أَصْبِرْنِي . فَقَالَ " اصْطَبِرْ " . قَالَ إِنَّ عَلَيْكَ قَمِيصًا وَلَيْسَ عَلَىَّ قَمِيصٌ . فَرَفَعَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَنْ قَمِيصِهِ فَاحْتَضَنَهُ وَجَعَلَ يُقَبِّلُ كَشْحَهُ قَالَ إِنَّمَا أَرَدْتُ هَذَا يَا رَسُولَ اللَّهِ .
Ansorlardan boʻlgan Usayd ibn Huzayr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U hazil-mutoyibaga moyil kishi boʻlib, bir kuni odamlarga gapirib, ularni kuldirib turganda, Nabiy ﷺ uni biqiniga bir tayoqcha bilan turtib qoʻydilar. Shunda u: «Mendan qasos olishimga imkon bering» dedi. U zot: «Qasosingni ol» dedilar. U: «Sizning ustingizda koʻylak bor, mening ustimda esa koʻylak yoʻq» dedi. Shunda Nabiy ﷺ koʻylaklarini koʻtardilar, u esa u zotni quchoqlab, biqinlaridan oʻpa boshladi va: «Yo Rasululloh, men aynan shuni xohlagandim» dedi.