حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنِ الْمُغِيرَةِ، - يَعْنِي ابْنَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ - عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " نَزَلَ نَبِيٌّ مِنَ الأَنْبِيَاءِ تَحْتَ شَجَرَةٍ فَلَدَغَتْهُ نَمْلَةٌ فَأَمَرَ بِجَهَازِهِ فَأُخْرِجَ مِنْ تَحْتِهَا ثُمَّ أَمَرَ بِهَا فَأُحْرِقَتْ فَأَوْحَى اللَّهُ إِلَيْهِ فَهَلاَّ نَمْلَةً وَاحِدَةً " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Paygʻambarlardan biri bir daraxt ostiga tushdi. Shunda uni bir chumoli chaqdi. Bas, u (paygʻambar) asbob-anjomini (daraxt ostidan) chiqarishni buyurdi va u daraxt ostidan chiqarildi. Soʻng u chumolilarni (in)ni kuydirishni buyurdi va u kuydirildi. Shunda Alloh unga: ‹Nega bitta chumoli (chaqqani uchun bularning hammasini kuydirding)?!› deb vahiy yubordi».