حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ مُرَّةَ، عَنِ ابْنِ أَبِي لَيْلَى، قَالَ مَا أَخْبَرَنَا أَحَدٌ، أَنَّهُ رَأَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم صَلَّى الضُّحَى غَيْرَ أُمِّ هَانِئٍ فَإِنَّهَا ذَكَرَتْ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ فَتْحِ مَكَّةَ اغْتَسَلَ فِي بَيْتِهَا وَصَلَّى ثَمَانِيَ رَكَعَاتٍ فَلَمْ يَرَهُ أَحَدٌ صَلاَّهُنَّ بَعْدُ .
Ibn Abu Laylo (rahimahulloh) aytadi: Ummu Honiʼdan boshqa hech kim bizga Paygʻambar ﷺning zuho namozini oʻqiganlarini koʻrganini aytmadi. U esa Paygʻambar ﷺning Makka fathi kuni uning uyida gʻusl qilib, sakkiz rakʼat namoz oʻqiganlarini zikr qildi. Bundan keyin hech kim u zotning bu namozni oʻqiganlarini koʻrmadi.