حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ سَعِيدٍ، عَنْ قَتَادَةَ، بِإِسْنَادِهِ نَحْوَهُ قَالَ : يُصَلِّي ثَمَانِ رَكَعَاتٍ لاَ يَجْلِسُ فِيهِنَّ إِلاَّ عِنْدَ الثَّامِنَةِ، فَيَجْلِسُ فَيَذْكُرُ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ، ثُمَّ يَدْعُو، ثُمَّ يُسَلِّمُ تَسْلِيمًا يُسْمِعُنَا، ثُمَّ يُصَلِّي رَكْعَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ بَعْدَ مَا يُسَلِّمُ، ثُمَّ يُصَلِّي رَكْعَةً، فَتِلْكَ إِحْدَى عَشْرَةَ رَكْعَةً يَا بُنَىَّ، فَلَمَّا أَسَنَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَأَخَذَ اللَّحْمَ أَوْتَرَ بِسَبْعٍ، وَصَلَّى رَكْعَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ بَعْدَ مَا يُسَلِّمُ، بِمَعْنَاهُ إِلَى مُشَافَهَةً .
Bu hadis Qatoda (rahimahulloh)dan ham oʻz isnodi bilan shunga oʻxshash rivoyat qilingan. Unda shunday deyiladi: «U zot sakkiz rakaat namoz oʻqir, ularda faqat sakkizinchisida oʻtirar, soʻng oʻtirib Alloh azza va jallani zikr qilar, keyin duo qilar, soʻng bizga eshittirib salom berar edilar. Salom berganlaridan keyin oʻtirgan holda ikki rakaat oʻqir, soʻng bir rakaat oʻqir edilar. Ana shu oʻn bir rakaat boʻlardi, ey oʻgʻilcham. Rasululloh ﷺ keksayib, badanlari ogʻirlashganda esa yetti (rakaat) bilan vitr qilar, salom berganlaridan keyin oʻtirgan holda ikki rakaat oʻqir edilar» — yuzma-yuz (eshitish haqidagi soʻzga) qadar shu maʼnoda (davom etadi).