حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكِ بْنِ أَنَسٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم صَلَّى فِي الْمَسْجِدِ فَصَلَّى بِصَلاَتِهِ نَاسٌ ثُمَّ صَلَّى مِنَ الْقَابِلَةِ فَكَثُرَ النَّاسُ ثُمَّ اجْتَمَعُوا مِنَ اللَّيْلَةِ الثَّالِثَةِ فَلَمْ يَخْرُجْ إِلَيْهِمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَلَمَّا أَصْبَحَ قَالَ " قَدْ رَأَيْتُ الَّذِي صَنَعْتُمْ فَلَمْ يَمْنَعْنِي مِنَ الْخُرُوجِ إِلَيْكُمْ إِلاَّ أَنِّي خَشِيتُ أَنْ يُفْرَضَ عَلَيْكُمْ " . وَذَلِكَ فِي رَمَضَانَ .
Nabiy ﷺning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ masjidda namoz oʻqidilar, u zotning namozlariga (ergashib) bir necha kishi ham namoz oʻqidi. Soʻngra keyingi kechasi yana namoz oʻqidilar, shunda odamlar koʻpaydi. Soʻngra uchinchi kechasi (ham) toʻplandilar, ammo Rasululloh ﷺ ularning oldiga chiqmadilar. Tong otgach, u zot: «Sizlar qilgan ishni koʻrdim. Sizlarning oldingizga chiqishimdan meni faqat shu (namoz) sizlarga farz qilib qoʻyilishidan qoʻrqqanim toʻsdi, xolos», dedilar. Bu Ramazonda boʻlgan edi.