حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ الصَّبَّاحِ الْعَطَّارُ، حَدَّثَنَا أَبُو بَحْرٍ، حَدَّثَنَا ثَابِتُ بْنُ عُمَارَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو تَمِيمَةَ الْهُجَيْمِيُّ، قَالَ لَمَّا بَعَثْنَا الرَّكْبَ - قَالَ أَبُو دَاوُدَ يَعْنِي إِلَى الْمَدِينَةِ قَالَ - كُنْتُ أَقُصُّ بَعْدَ صَلاَةِ الصُّبْحِ فَأَسْجُدُ فَنَهَانِي ابْنُ عُمَرَ فَلَمْ أَنْتَهِ ثَلاَثَ مِرَارٍ ثُمَّ عَادَ فَقَالَ إِنِّي صَلَّيْتُ خَلْفَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَمَعَ أَبِي بَكْرٍ وَعُمَرَ وَعُثْمَانَ - رضى الله عنهم - فَلَمْ يَسْجُدُوا حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ .
Abu Tamima al-Hujaymiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi. U shunday dedi: «Biz (savdo) karvonini (Madinaga) joʻnatganimizda, men subh namozidan keyin vaʼz aytar va (Qurʼon tilovati uchun) sajda qilar edim. Shunda Ibn Umar (roziyallohu anhumo) meni undan qaytardilar, lekin men toʻxtamadim. Uch marta (shunday boʻldi), soʻng u zot yana qaytarib dedilar: ‹Men Rasululloh ﷺ ning, Abu Bakr, Umar va Usmon (roziyallohu anhum)ning orqalarida namoz oʻqidim. Ular quyosh chiqquncha (tilovat sajdasini) qilmas edilar›.»