حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّ رَجُلاً، سَمِعَ رَجُلاً، يَقْرَأُ { قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ } يُرَدِّدُهَا فَلَمَّا أَصْبَحَ جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهُ وَكَانَ الرَّجُلُ يَتَقَالُّهَا فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ إِنَّهَا لَتَعْدِلُ ثُلُثَ الْقُرْآنِ " .
Abu Saʼid al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi boshqa bir kishining {Qul huvallohu ahad} surasini takror-takror oʻqiyotganini eshitdi. Tong otganda, u Rasululloh ﷺ huzuriga kelib, buni u zotga aytdi. (Aytuvchi) kishi esa bu surani kam, deb hisoblar edi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, u (sura) haqiqatan Qurʼonning uchdan biriga tengdir» dedilar.