حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ شُعْبَةَ، عَنْ زِيَادِ بْنِ مِخْرَاقٍ، عَنْ أَبِي نُعَامَةَ، عَنِ ابْنٍ لِسَعْدٍ، أَنَّهُ قَالَ سَمِعَنِي أَبِي، وَأَنَا أَقُولُ اللَّهُمَّ، إِنِّي أَسْأَلُكَ الْجَنَّةَ وَنَعِيمَهَا وَبَهْجَتَهَا وَكَذَا وَكَذَا وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ النَّارِ وَسَلاَسِلِهَا وَأَغْلاَلِهَا وَكَذَا وَكَذَا فَقَالَ يَا بُنَىَّ إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " سَيَكُونُ قَوْمٌ يَعْتَدُونَ فِي الدُّعَاءِ " . فَإِيَّاكَ أَنْ تَكُونَ مِنْهُمْ إِنْ أُعْطِيتَ الْجَنَّةَ أُعْطِيتَهَا وَمَا فِيهَا مِنَ الْخَيْرِ وَإِنْ أُعِذْتَ مِنَ النَّارِ أُعِذْتَ مِنْهَا وَمَا فِيهَا مِنَ الشَّرِّ .
Saʼdning bir oʻgʻlidan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Otam mening: «Allohim, men Sendan jannatni, uning neʼmatlarini, uning gʻaroyibligini va shuni, shuni soʻrayman; doʻzaxdan, uning zanjirlaridan, uning kishanlaridan va shundan, shundan Senga panoh tilayman», deyayotganimni eshitib qoldi-da: «Ey oʻgʻilcham, men Rasululloh ﷺning: ‹Duoda haddan oshadigan bir qavm boʻladi›, deganlarini eshitganman. Bas, sen ulardan boʻlishingdan ehtiyot boʻl. Agar senga jannat berilsa, u va undagi barcha yaxshilik senga berilgan boʻladi; agar doʻzaxdan saqlansang, u va undagi barcha yomonlikdan saqlangan boʻlasan», dedi.