حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ التَّيْمِيُّ، عَنْ أَبِي عُثْمَانَ، عَنْ أَبِي مُوسَى الأَشْعَرِيِّ، أَنَّهُمْ كَانُوا مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَهُمْ يَتَصَعَّدُونَ فِي ثَنِيَّةٍ فَجَعَلَ رَجُلٌ كُلَّمَا عَلاَ الثَّنِيَّةَ نَادَى لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَاللَّهُ أَكْبَرُ . فَقَالَ نَبِيُّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّكُمْ لاَ تُنَادُونَ أَصَمَّ وَلاَ غَائِبًا " . ثُمَّ قَالَ " يَا عَبْدَ اللَّهِ بْنَ قَيْسٍ " . فَذَكَرَ مَعْنَاهُ .
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, ular Nabiy ﷺ bilan birga edilar va bir dovonga koʻtarilayotgan edilar. Bir kishi dovonga koʻtarilgan sayin: «Laa ilaaha illalloh, vallohu akbar (Allohdan boshqa iloh yoʻq, Alloh eng buyukdir)», deb baland ovozda chaqirardi. Shunda Allohning Nabiysi ﷺ: «Albatta, sizlar kar yoki gʻoyib boʻlgan zotni chaqirmayapsizlar», dedilar. Soʻng: «Ey Abdulloh ibn Qays», dedilar. Soʻng (rovi) shu maʼnodagi hadisni zikr qildi.