حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، قَالَ قَالَ مَالِكٌ وَقَوْلُ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ - رضى الله عنه لاَ يُجْمَعُ بَيْنَ مُتَفَرِّقٍ وَلاَ يُفَرَّقُ بَيْنَ مُجْتَمِعٍ . هُوَ أَنْ يَكُونَ لِكُلِّ رَجُلٍ أَرْبَعُونَ شَاةً فَإِذَا أَظَلَّهُمُ الْمُصَدِّقُ جَمَعُوهَا لِئَلاَّ يَكُونَ فِيهَا إِلاَّ شَاةٌ وَلاَ يُفَرَّقُ بَيْنَ مُجْتَمِعٍ . أَنَّ الْخَلِيطَيْنِ إِذَا كَانَ لِكُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا مِائَةُ شَاةٍ وَشَاةٌ فَيَكُونُ عَلَيْهِمَا فِيهَا ثَلاَثُ شِيَاهٍ فَإِذَا أَظَلَّهُمَا الْمُصَدِّقُ فَرَّقَا غَنَمَهُمَا فَلَمْ يَكُنْ عَلَى كُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا إِلاَّ شَاةٌ فَهَذَا الَّذِي سَمِعْتُ فِي ذَلِكَ .
Molik (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning ‹Tarqoq turganlari birga toʻplanmaydi, birga toʻplanganlari ajratilmaydi› degan soʻzining maʼnosi shuki: har bir kishida qirqtadan qoʻy boʻlib, zakot yigʻuvchi ularning ustiga kelib qolganida, ularda bittadangina (qoʻy) zakot boʻlmasligi uchun ularni birga toʻplab qoʻyadilar — ‹birga toʻplanganlari ajratilmaydi›ning (maʼnosi esa): ikki sherikning har birida bir yuz birtadan qoʻy boʻlsa, ularning ikkisiga (jami) uchta qoʻy (zakot) boʻladi; zakot yigʻuvchi ularning ustiga kelib qolganida, qoʻylarini bir-biridan ajratib qoʻyadilar, shunda ularning har biriga bittadangina qoʻy (zakot) boʻlib qoladi. Mana shu narsani men bu haqda eshitganman».