حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَاصِمٍ الأَنْطَاكِيُّ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، - يَعْنِي الْقَطَّانَ - عَنْ عَبْدِ الْحَمِيدِ بْنِ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنِي صَالِحُ بْنُ أَبِي عَرِيبٍ، عَنْ كَثِيرِ بْنِ مُرَّةَ، عَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ دَخَلَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْمَسْجِدَ وَبِيَدِهِ عَصًا وَقَدْ عَلَّقَ رَجُلٌ مِنَّا قِنًا حَشَفًا فَطَعَنَ بِالْعَصَا فِي ذَلِكَ الْقِنْوِ وَقَالَ " لَوْ شَاءَ رَبُّ هَذِهِ الصَّدَقَةِ تَصَدَّقَ بِأَطْيَبَ مِنْهَا " . وَقَالَ " إِنَّ رَبَّ هَذِهِ الصَّدَقَةِ يَأْكُلُ الْحَشَفَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ " .
Avf ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Rasululloh ﷺ qoʻllarida tayoq bilan masjidda bizning huzurimizga kirdilar. Bizdan bir kishi (sadaqa uchun) sifatsiz, quruq xurmo (hashaf) shingilini osib qoʻygan edi. (U zot) tayoq bilan oʻsha shingilni nuqib: «Agar bu sadaqaning egasi xohlaganida, bundan yaxshirogʻini sadaqa qilardi», dedilar. Yana: «Albatta, bu sadaqaning egasi Qiyomat kunida hashaf (sifatsiz quruq xurmo) yeydi», dedilar.