حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ الطَّيَالِسِيُّ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ بُكَيْرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الأَشَجِّ، عَنْ بُسْرِ بْنِ سَعِيدٍ، عَنِ ابْنِ السَّاعِدِيِّ، قَالَ اسْتَعْمَلَنِي عُمَرُ - رضى الله عنه - عَلَى الصَّدَقَةِ فَلَمَّا فَرَغْتُ مِنْهَا وَأَدَّيْتُهَا إِلَيْهِ أَمَرَ لِي بِعُمَالَةٍ فَقُلْتُ إِنَّمَا عَمِلْتُ لِلَّهِ وَأَجْرِي عَلَى اللَّهِ . قَالَ خُذْ مَا أُعْطِيتَ فَإِنِّي قَدْ عَمِلْتُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَعَمَّلَنِي فَقُلْتُ مِثْلَ قَوْلِكَ فَقَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِذَا أُعْطِيتَ شَيْئًا مِنْ غَيْرِ أَنْ تَسْأَلَهُ فَكُلْ وَتَصَدَّقْ " .
Ibn as-Soidiy (roziyallohu anhu) aytadilar: Umar (roziyallohu anhu) meni sadaqa (yigʻish) ishiga tayinladi. Men undan boʻshab, (yigʻganlarimni) unga topshirganimda, u menga (xizmatim uchun) haq berishni buyurdi. Men: «Men buni faqat Alloh uchun qildim, mukofotim Allohning zimmasidadir», dedim. U: «Senga berilgan narsani olgin, chunki men ham Rasululloh ﷺ zamonlarida (sadaqa yigʻish) ishini qilgan edim, u zot menga haq tayinladilar. Shunda men ham sen aytgan gapdek gap aytdim. Rasululloh ﷺ menga: ‹Soʻramaganing holda senga biror narsa berilsa, uni yegin va sadaqa qilgin›, dedilar», dedi.