حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ، عَنِ الْحَكَمِ، عَنِ ابْنِ أَبِي رَافِعٍ، عَنْ أَبِي رَافِعٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم بَعَثَ رَجُلاً عَلَى الصَّدَقَةِ مِنْ بَنِي مَخْزُومٍ فَقَالَ لأَبِي رَافِعٍ اصْحَبْنِي فَإِنَّكَ تُصِيبُ مِنْهَا . قَالَ حَتَّى آتِيَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَأَسْأَلَهُ فَأَتَاهُ فَسَأَلَهُ فَقَالَ " مَوْلَى الْقَوْمِ مِنْ أَنْفُسِهِمْ وَإِنَّا لاَ تَحِلُّ لَنَا الصَّدَقَةُ " .
Abu Rofeʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ Banu Maxzumdan bir kishini sadaqa (yigʻish)ga yubordilar. U Abu Rofeʼga: «Menga hamroh boʻl, sen ham undan (bir ulush) olasan», dedi. U: «Paygʻambar ﷺ huzurlariga borib, u zotdan soʻramagunimcha (bunaqa qila olmayman)», dedi. Soʻng u zot huzurlariga kelib, soʻradi. U zot: «Qavmning (ozod qilingan) quli ulardan (biri) hisoblanadi, bizga esa sadaqa halol boʻlmaydi», dedilar.