حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ أَبِي شُعَيْبٍ الْحَرَّانِيُّ، حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَسْمَاءَ، قَالَتْ قَدِمَتْ عَلَىَّ أُمِّي رَاغِبَةً فِي عَهْدِ قُرَيْشٍ وَهِيَ رَاغِمَةٌ مُشْرِكَةٌ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ أُمِّي قَدِمَتْ عَلَىَّ وَهِيَ رَاغِمَةٌ مُشْرِكَةٌ أَفَأَصِلُهَا قَالَ " نَعَمْ فَصِلِي أُمَّكِ " .
Asmo (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Onam Qurayshning (Hudaybiya) sulhi davrida mendan biror yaxshilik kutib oldimga kelgan edi, u (Islomdan) yuz oʻgirgan mushrik ayol edi. Men: «Yo Rasululloh, onam oldimga keldi, u (Islomdan) yuz oʻgirgan mushrik ayoldir. Unga yaxshilik qilaymi?» dedim. U zot ﷺ: «Ha, onangga yaxshilik qil», dedilar.