حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ شَقِيقٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ عَائِشَةَ، - رضى الله عنها - قَالَتْ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " إِذَا أَنْفَقَتِ الْمَرْأَةُ مِنْ بَيْتِ زَوْجِهَا غَيْرَ مُفْسِدَةٍ كَانَ لَهَا أَجْرُ مَا أَنْفَقَتْ وَلِزَوْجِهَا أَجْرُ مَا اكْتَسَبَ وَلِخَازِنِهِ مِثْلُ ذَلِكَ لاَ يَنْقُصُ بَعْضُهُمْ أَجْرَ بَعْضٍ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ shunday dedilar: «Ayol erining uyidan (molidan) buzgʻunchilik qilmagan holda (sadaqa qilib) infoq qilsa, infoq qilgani uchun unga ajr boʻladi, eriga esa topib kelgani uchun ajr boʻladi, (molni saqlagan) xazinaboniga ham shunga oʻxshash ajr boʻladi. Ularning biri ikkinchisining ajridan hech narsa kamaytirmaydi».