حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ الْفَضْلِ، قَالَ: حَدَّثَنَا الْجُرَيْرِيُّ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: أَلاَ أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟ ثَلاَثًا، قَالُوا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: الإِشْرَاكُ بِاللَّهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ وَجَلَسَ وَكَانَ مُتَّكِئًا أَلاَ وَقَوْلُ الزُّورِ، مَا زَالَ يُكَرِّرُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَيْتَهُ سَكَتَ.
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ uch marta: «Sizlarga katta gunohlarning eng kattasini aytaymi?» — dedilar. Ular: «Ha, yo Rasululloh!» — dedi. U zot: «Allohga (ibodatda) boshqani sherik qilish va ota-onaga oq boʻlish (itoatsizlik)», — dedilar. Soʻng Paygʻambar ﷺ — (yostiqqa) yonboshlab yotgan edi — (oʻrnidan) turib oʻtirdi va: «Diqqat! Va yolgʻon guvohlik berishdan (saqlaninglar)», — dedilar va u zot bu (ogohlantirishni) — biz: ‹U zot toʻxtamas (galiba)›, — deb oʻylagunimizcha — takrorlayverdilar.