حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ: أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللهِ، قَالَ: أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ فُلاَنِ بْنِ طَلْحَةَ، عَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ حَزْمٍ، عَنْ رَجُلٍ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: كَفَيْتُكَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِنَّ الْوُدَّ يُتَوَارَثُ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning: «Hammangiz — choʻpon (masʼul)siz», — deganlarini eshitdim. Yunus dedi: Ruzayq ibn Hukaym — men u bilan Vodil-Qurada edim — Ibn Shihobga: «Juma namoziga imomlik qilaymi?» — deb (xat) yozdi. Ruzayq yerda (dehqonchilik bilan) ishlar edi; u bilan birga bir guruh sudonlik (kishilar) va boshqalar bor edi; Ruzayq oʻsha paytda Aylaning hokimi edi. Ibn Shihob (Ruzaykga) juma namoziga imomlik qilishni buyurib (xat) yozdi va unga Solim — Abdulloh ibn Umar shunday degan deb — aytganini xabar qildi: «Men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: ‹Hammangiz — choʻpon (masʼul)siz va qoʻl ostingizdagilar hamda qaramogʻingizdagi narsalar uchun javobgarsiz. Imom (hokim) — fuqarosi (raiyati)ning choʻponi va ular uchun javobgar; erkak — oilasining choʻponi va ular uchun javobgar; ayol — erining uyining choʻponi va u uchun javobgar; xizmatkor — xoʻjayinining molining choʻponi va u uchun javobgar›. Menimcha, u zot yana: ‹Erkak — otasi molining choʻponi va u uchun javobgar. Hammangiz — choʻpon (masʼul)siz va qoʻl ostingizdagilar hamda qaramogʻingizdagi narsalar uchun javobgarsiz›, — dedilar».