حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ: أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللهِ، قَالَ: أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ أَيُّوبَ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو زُرْعَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَتَى رَجُلٌ نَبِيَّ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: مَا تَأْمُرُنِي؟ فَقَالَ: بِرَّ أُمَّكَ، ثُمَّ عَادَ، فَقَالَ: بِرَّ أُمَّكَ، ثُمَّ عَادَ، فَقَالَ: بِرَّ أُمَّكَ، ثُمَّ عَادَ الرَّابِعَةَ، فَقَالَ: بِرَّ أَبَاكَ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Allohning Nabiysi ﷺ huzuriga kelib: «Menga nimani buyurasiz?» dedi. U zot ﷺ: «Onangga yaxshilik qil», dedilar. Soʻng u yana qaytarib soʻradi, u zot: «Onangga yaxshilik qil», dedilar. Yana qaytardi, u zot: «Onangga yaxshilik qil», dedilar. Soʻng toʻrtinchi marta qaytarganida, u zot: «Otangga yaxshilik qil», dedilar.