وَعَنْ عَبْدِ الْوَهَّابِ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ، عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا، أَنَّ يَهُودًا أَتَوُا النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالُوا: السَّامُ عَلَيْكُمْ، فَقَالَتْ عَائِشَةُ: وَعَلَيْكُمْ، وَلَعَنَكُمُ اللَّهُ، وَغَضِبُ اللَّهُ عَلَيْكُمْ، قَالَ: مَهْلاً يَا عَائِشَةُ، عَلَيْكِ بِالرِّفْقِ، وَإِيَّاكِ وَالْعُنْفَ وَالْفُحْشَ، قَالَتْ: أَوَ لَمْ تَسْمَعْ مَا قَالُوا؟ قَالَ: أَوَ لَمْ تَسْمَعِي مَا قُلْتُ؟ رَدَدْتُ عَلَيْهِمْ، فَيُسْتَجَابُ لِي فِيهِمْ، وَلاَ يُسْتَجَابُ لَهُمْ فِيَّ.
(Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qildi)ki, yahudiylar Paygʻambar ﷺning oldilariga kelib: «As-samu alaykum» dedilar. Oisha: «Sizlarga ham, Alloh sizlarni laʼnatlasin va sizlarga gʻazab qilsin!» dedi. (U zot:) «Sekin (yumshoq boʻl), ey Oisha! Sen yumshoqlikni (oʻzingga lozim) tut, qoʻpollik va behayolikdan saqlan» dedilar. (Oisha:) «Ular nima deganini eshitmadingizmi?» dedi. (U zot:) «Men nima deganimni eshitmadingmi? Men (ularning soʻzini) ularga qaytardim; bas, mening (duoyim) ular haqida ijobat qilinadi, ularning (duosi esa) men haqimda ijobat qilinmaydi» dedilar.