حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يَعْقُوبَ قَالَ: حَدَّثَنِي يَزِيدُ بْنُ الْمِقْدَامِ بْنِ شُرَيْحٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ قَالَ: أَخْبَرَتْنِي عَائِشَةُ، أَنَّ أَبَا بَكْرٍ لَعَنَ بَعْضَ رَقِيقِهِ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: يَا أَبَا بَكْرٍ، اللَّعَّانِينَ وَالصِّدِّيقِينَ؟ كَلاَّ وَرَبِّ الْكَعْبَةِ، مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلاَثًا، فَأَعْتَقَ أَبُو بَكْرٍ يَوْمَئِذٍ بَعْضَ رَقِيقِهِ، ثُمَّ جَاءَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: لا أَعُودُ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Abu Bakr oʻz qullaridan birini laʼnatladi. Shunda Nabiy ﷺ: «Ey Abu Bakr, laʼnat qiluvchilar-yu siddiqlar (bir boʻladimi)?! Yoʻq, Kaʼbaning Robbiga qasam!» — deb ikki yoki uch marta takrorladilar. Oʻsha kuni Abu Bakr baʼzi qullarini ozod qildi. Soʻng Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Boshqa qaytmayman (bunday qilmayman)», dedi.