حَدَّثَنَا مُحَمَّدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا آدَمُ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ خَالِدٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَجُلاً ذُكِرَ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَأَثْنَى عَلَيْهِ رَجُلٌ خَيْرًا، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: وَيْحَكَ قَطَعْتَ عُنُقَ صَاحِبِكَ، يَقُولُهُ مِرَارًا، إِنْ كَانَ أَحَدُكُمْ مَادِحًا لاَ مَحَالَةَ فَلْيَقُلْ: أَحْسَبُ كَذَا وَكَذَا، إِنْ كَانَ يَرَى أَنَّهُ كَذَلِكَ، وَحَسِيبُهُ اللَّهُ، وَلاَ يُزَكِّي عَلَى اللهِ أَحَدًا.
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ huzurida bir kishi tilga olindi va bir odam uni yaxshilab maqtadi. Shunda Nabiy ﷺ: «Senga voy boʻlsin! Doʻstingning boʻynini uzding», dedilar va buni bir necha bor takrorladilar. Soʻng: «Agar sizdan biringiz kimnidir maqtamasdan boʻlmasa va uni haqiqatan shunday deb bilsa, ‹Falonchini shunday-shunday deb hisoblayman› desin. Uning haqiqiy hisob-kitobini Alloh oladi. Hech kim Alloh oldida biror kishini oqlab, poklab yubormasin», dedilar.