حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلامٍ، قَالَ: أَخْبَرَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: لَيْسَ مِنَّا مَنْ لَمْ يَرْحَمْ صَغِيرَنَا، وَيُوَقِّرْ كَبِيرَنَا.
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, Alloh ilmni odamlardan tortib olish bilan koʻtarib qoʻymaydi, balki ilmni ulamolarni (vafot ettirib) olish bilan koʻtaradi. Nihoyat, biron bir olim qoldirmaganida, odamlar johillarni boshliq qilib oladilar. Bas, ulardan (savol) soʻralganda, ilmsiz fatvo beradilar. Shunday qilib, oʻzlari ham adashadilar, (boshqalarni) ham adashtiradilar», dedilar. Bu bobda Oisha va Ziyod ibn Labiddan ham (rivoyatlar bor). Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Bu hadisni az-Zuhriy ham Urvadan, u Abdulloh ibn Amrdan, yana Urvadan, u Oishadan, u Nabiy ﷺdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan.