حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ: حَدَّثَنَا ضَمْضَمُ بْنُ عَمْرٍو الْحَنَفِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا كُلَيْبُ بْنُ مَنْفَعَةَ قَالَ: قَالَ جَدِّي: يَا رَسُولَ اللهِ، مَنْ أَبَرُّ؟ قَالَ: أُمَّكَ وَأَبَاكَ، وَأُخْتَكَ وَأَخَاكَ، وَمَوْلاَكَ الَّذِي يَلِي ذَاكَ، حَقٌّ وَاجِبٌ، وَرَحِمٌ مَوْصُولَةٌ.
Kulayb ibn Manfaʼa (rahimahulloh) bobosidan rivoyat qilishicha, u Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Men kimga yaxshilik qilay?» dedi. U zot: «Onangga, otangga, opa-singlingga, aka-ukangga va sen ozod qilgan qulingga — bu sen uchun vojib boʻlgan haq va ulanishi lozim boʻlgan qarindoshlik rishtasidir», dedilar.