حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ صَالِحٍ قَالَ: حَدَّثَنِي اللَّيْثُ قَالَ: حَدَّثَنِي عَقِيلٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ جُبَيْرِ بْنِ مُطْعِمٍ، أَنَّ جُبَيْرَ بْنَ مُطْعِمٍ أَخْبَرَهُ، أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: لاَ يَدْخُلُ الْجَنَّةَ قَاطِعُ رَحِمٍ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning oldilariga zimmasida qarzi boʻlgan vafot etgan kishi olib kelinsa: «U qarzini uzishga biror narsa qoldirganmi?» deb soʻrardilar. Agar u (qarzini) uzadigan narsa qoldirgani aytilsa, unga namoz oʻqirdilar, aks holda musulmonlarga: «Oʻrtogʻingizga oʻzingiz namoz oʻqing», derdilar. Alloh u zotga fath-zafarlar ato etgach, u zot turib: «Men moʻminlarga oʻzlaridan koʻra haqliroqman. Bas, musulmonlardan kim vafot etib, qarz qoldirsa, uni uzish menga (yuklatilgan)dir; kim mol qoldirsa, u uning vorislariga (tegishli)dir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan sahih hadisdir. Uni Yahyo ibn Bukayr va boshqa bir necha kishi Lays ibn Saʼddan Abdulloh ibn Solihning hadisiga oʻxshash rivoyat qilganlar.