حَدَّثَنَا حَرَمِيُّ بْنُ حَفْصٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَرْحَمَ النَّاسِ بِالْعِيَالِ، وَكَانَ لَهُ ابْنٌ مُسْتَرْضَعٌ فِي نَاحِيَةِ الْمَدِينَةِ، وَكَانَ ظِئْرُهُ قَيْنًا، وَكُنَّا نَأْتِيهِ، وَقَدْ دَخَنَ الْبَيْتُ بِإِذْخِرٍ، فَيُقَبِّلُهُ وَيَشُمُّهُ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ dan koʻra oilaga mehribonroq biror kishini koʻrmadim. Ibrohim Madinaning chekka joylarida emizib berilayotgan edi. U zot borardilar, biz ham u zot bilan birga edik, u zot uyga kirardilar, u (uy) tutunlab turar edi. Uni emizguvchining (eri) temirchi edi. U zot uni olib, oʻpardilar, soʻng qaytardilar. Amr dedi: Ibrohim vafot etganida Rasululloh ﷺ: «Albatta Ibrohim mening oʻgʻlim, u (hali) emadigan chogʻda vafot etdi. Albatta jannatda uning emizishini toʻldiradigan ikki emizguvchisi bor», dedilar.