حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: عُذِّبَتِ امْرَأَةٌ فِي هِرَّةٍ حَبَسَتْهَا حَتَّى مَاتَتْ جُوعًا، فَدَخَلَتِ فِيهَا النَّارَ، يُقَالُ، وَاللَّهُ أَعْلَمُ: لاَ أَنْتِ أَطْعَمْتِيهَا، وَلاَ سَقِيتِيهَا حِينَ حَبَسْتِيهَا، وَلاَ أَنْتِ أَرْسَلْتِيهَا، فَأَكَلَتْ مِنْ خَشَاشِ الأَرْضِ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Bir ayol — oʻzi ochlikdan oʻlguncha qamab qoʻygan bir mushuk sababli — azoblandi va doʻzaxga tashlandi», — dedilar. Allohning Rasuli ﷺ yana: «(Alloh yaxshiroq bilguvchi) Alloh (oʻsha ayolga): ‹Sen uni (mushukni) qamab qoʻyganingda, na uni boqding, na sugʻording, hamda uni — yer hasharotlarini yeb (tirik qolishi) uchun — qoʻyib (ham) yubormading›, — dedi», — dedilar.