حَدَّثَنَا طَلْقُ بْنُ غَنَّامٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا الْمَسْعُودِيُّ، عَنِ الْحَسَنِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَبْدِ اللهِ، عَنْ عَبْدِ اللهِ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَزَلَ مَنْزِلاً فَأَخَذَ رَجُلٌ بَيْضَ حُمَّرَةٍ، فَجَاءَتْ تَرِفُّ عَلَى رَأْسِ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: أَيُّكُمْ فَجَعَ هَذِهِ بِبَيْضَتِهَا؟ فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَنَا أَخَذْتُ بَيْضَتَهَا، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: ارْدُدْ، رَحْمَةً لَهَا.
Abu Solih Mahbub ibn Muso bizga aytib berdi: Abu Ishoq al-Fazoriy bizga xabar berdi: Abu Ishoq ash-Shayboniydan, u Ibn Saʼddan — Abu Solihdan boshqasi: «al-Hasan ibn Saʼddan», dedi — u Abdurrahmon ibn Abdullohdan, u otasidan rivoyat qildi. (Otasi) dedi: Biz Rasululloh ﷺ bilan bir safarda edik. U zot hojatlarini chiqargani ketdilar. Biz ikkita bolasi bor bir qush (chumchuq) koʻrdik va uning ikki bolasini oldik. Shunda qush kelib, qanotlarini yerga yoyib (pirpirata) boshladi. Nabiy ﷺ kelib: «Kim buni bolasidan judo qilib, qaygʻuga soldi? Bolasini oʻziga qaytaringlar», dedilar. U zot biz kuydirib yuborgan bir chumoli uyasini ham koʻrib qoldilar va: «Buni kim kuydirdi?» dedilar. Biz: «Biz», dedik. U zot: «Olov bilan faqat olovning Robbigina azoblashi joiz, (boshqa hech kimga ravo emas)», dedilar.