حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ خَالِدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا بَكْرٌ، عَنِ ابْنِ عَجْلاَنَ، أَنَّ وَهْبَ بْنَ كَيْسَانَ أَخْبَرَهُ، وَكَانَ وَهْبٌ أَدْرَكَ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ، أَنَّ ابْنَ عُمَرَ رَأَى رَاعِيًا وَغَنَمًا فِي مَكَانٍ قَبِيحٍ وَرَأَى مَكَانًا أَمْثَلَ مِنْهُ، فَقَالَ لَهُ: وَيْحَكَ، يَا رَاعِي، حَوِّلْهَا، فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: كُلُّ رَاعٍ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U bir choʻponni qoʻylari bilan yaroqsiz bir joyda koʻrib qoldi va undan koʻra yaxshiroq joy borligini koʻrib, unga: «Voy senga, ey choʻpon! Ularni koʻchir! Chunki men Rasululloh ﷺdan: ‹Har bir choʻpon oʻz podasi (raiyati) haqida masʼuldir›, deganlarini eshitganman», dedi.