حَدَّثَنَا خَلاَّدُ بْنُ يَحْيَى، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي زِيَادٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ سَلَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللهِ قَالَ: مَا مِنْ مُسْلِمَيْنِ إِلاَّ بَيْنَهُمَا مِنَ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ سِتْرٌ، فَإِذَا قَالَ أَحَدُهُمَا لِصَاحِبِهِ كَلِمَةَ هَجْرٍ فَقَدْ خَرَقَ سِتْرَ اللهِ، وَإِذَا قَالَ أَحَدُهُمَا لِلْآخَرِ: أَنْتَ كَافِرٌ، فَقَدْ كَفَرَ أَحَدُهُمَا.
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Har ikki musulmon oʻrtasida, albatta, Alloh azza va jalla tomonidan bir parda (toʻsiq) boʻladi. Ulardan biri oʻz doʻstiga qoʻpol soʻz aytsa, Allohning pardasini yirtgan boʻladi. Ulardan biri boshqasiga: ‹Sen kofirsan›, desa, ikkovidan biri kufr keltirgan boʻladi», dedi.