حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ دَاوُدَ، قَالَ: حَدَّثَنَا مَالِكٌ، أَنَّ نَافِعًا حَدَّثَهُ، أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ أَخْبَرَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا قَالَ لِلْآخَرِ: كَافِرٌ، فَقَدْ كَفَرَ أَحَدُهُمَا، إِنْ كَانَ الَّذِي قَالَ لَهُ كَافِرًا فَقَدْ صَدَقَ، وَإِنْ لَمْ يَكُنْ كَمَا قَالَ لَهُ فَقَدْ بَاءَ الَّذِي قَالَ لَهُ بِالْكُفْرِ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ huzuriga zino qilgan bir yahudiy erkak va bir yahudiy ayol keltirildi. Shunda Rasululloh ﷺ yoʻlga chiqib, yahudiylar oldiga kelib: «Sizlar Tavrotda zino qilgan kishi haqida nima topasizlar?» — dedilar. Ular: «Biz ikkovining yuzini qoraytiramiz, (ularni ulovga) mindiramiz, yuzlarini bir-biriga teskari qilamiz va ular (shahar boʻylab) aylantiriladi», — dedilar. U zot: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, Tavrotni keltiringlar», — dedilar. Ular uni keltirib oʻqidilar, toki toshboʻron oyatiga yetganlarida, oʻqiyotgan yigit qoʻlini toshboʻron oyati ustiga qoʻyib, undan oldingi va keyingisini oʻqidi. Shunda Rasululloh ﷺ bilan birga boʻlgan Abdulloh ibn Salom unga: «Unga buyuringki, qoʻlini koʻtarsin», — dedi. U qoʻlini koʻtardi, qarasa, uning ostida toshboʻron oyati bor edi. Bas, Rasululloh ﷺ u ikkovi haqida buyruq berdilar va ular toshboʻron qilindi. Abdulloh ibn Umar dedi: Men u ikkovini toshboʻron qilganlar orasida edim. Men u (yahudiy)ning oʻzi bilan u (ayol)ni toshlardan toʻsayotganini koʻrdim.