وَبِالسَّنَدِ عَنْ عَبْدِ اللهِ، قَالَ: أَخْبَرَنَا دَاوُدُ بْنُ قَيْسٍ قَالَ: رَأَيْتُ الْحُجُرَاتِ مِنْ جَرِيدِ النَّخْلِ مَغْشِيًّا مِنْ خَارِجٍ بِمُسُوحِ الشَّعْرِ، وَأَظُنُّ عَرْضَ الْبَيْتِ مِنْ بَابِ الْحُجْرَةِ إِلَى بَابِ الْبَيْتِ نَحْوًا مِنْ سِتِّ أَوْ سَبْعِ أَذْرُعٍ، وَأَحْزِرُ الْبَيْتَ الدَّاخِلَ عَشْرَ أَذْرُعٍ، وَأَظُنُّ سُمْكَهُ بَيْنَ الثَّمَانِ وَالسَّبْعِ نَحْوَ ذَلِكَ، وَوَقَفْتُ عِنْدَ بَابِ عَائِشَةَ فَإِذَا هُوَ مُسْتَقْبِلٌ الْمَغْرِبَ.
Dovud ibn Qays (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men hujralarni xurmo shoxlaridan (qilingan), tashqi tomondan jun toʻqimasi bilan yopilgan holda koʻrdim. Uyning eni hujra eshigidan uy eshigigacha olti yoki yetti gaz chamasida ekan deb oʻylayman. Ichki uyni oʻn gaz chamasida deb taxmin qilaman. Balandligini yetti bilan sakkiz oraligʻida, shunga yaqin deb oʻylayman. Oishaning eshigi oldida toʻxtadim, u magʻribga qaragan ekan.