حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، وَإِسْحَاقُ قَالاَ: حَدَّثَنَا مُعَاذٌ قَالَ: حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَبِي الْمُتَوَكِّلِ النَّاجِيِّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، عَنْ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا خَلَصَ الْمُؤْمِنُونَ مِنَ النَّارِ حُبِسُوا بِقَنْطَرَةٍ بَيْنَ الْجَنَّةِ وَالنَّارِ، فَيَتَقَاصُّونَ مَظَالِمَ بَيْنَهُمْ فِي الدُّنْيَا، حَتَّى إِذَا نُقُّوا وَهُذِّبُوا، أُذِنَ لَهُمْ بِدُخُولِ الْجَنَّةِ، فَوَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ، لَأَحَدُهُمْ بِمَنْزِلِهِ أَدَلُّ مِنْهُ فِي الدُّنْيَا.
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Moʻminlar doʻzax (ustidagi koʻprik)dan eson-omon oʻtganda, ular jannat bilan doʻzax orasidagi bir koʻprikda toʻxtatiladi va u yerda — dunyoda ular orasida (sodir) boʻlgan zulmlar uchun — bir-biridan qasos olishadi; ular barcha gunohlardan poklanganda, jannatga kiritiladi. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, har biringiz oʻzining jannatdagi maskanini — bu dunyodagi maskanini taniganidan koʻra yaxshiroq taniydi», — dedilar.