حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: جَاءَ أَعْرَابِيٌّ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: هَلْ أَخَذَتْكَ أُمُّ مِلْدَمٍ؟ قَالَ: وَمَا أُمُّ مِلْدَمٍ؟ قَالَ: حَرٌّ بَيْنَ الْجِلْدِ وَاللَّحْمِ، قَالَ: لاَ، قَالَ: فَهَلْ صُدِعْتَ؟ قَالَ: وَمَا الصُّدَاعُ؟ قَالَ: رِيحٌ تَعْتَرِضُ فِي الرَّأْسِ، تَضْرِبُ الْعُرُوقَ، قَالَ: لاَ، قَالَ: فَلَمَّا قَامَ قَالَ: مَنْ سَرَّهُ أَنْ يَنْظُرَ إِلَى رَجُلٍ مِنْ أَهْلِ النَّارِ أَيْ: فَلْيَنْظُرْهُ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir aʼrobiy keldi. Nabiy ﷺ: «Seni Ummu Mildam tutdimi?» — dedilar. U: «Ummu Mildam nima?» — dedi. U zot: «Teri bilan goʻsht orasidagi issiqlik (isitma)», dedilar. U: «Yoʻq», dedi. U zot: «Boshing ogʻridimi?» — dedilar. U: «Sudoʻ (bosh ogʻrigʻi) nima?» — dedi. U zot: «Boshda paydo boʻlib, tomirlarni uradigan shamol», dedilar. U: «Yoʻq», dedi. Haligi kishi turib ketgach, u zot: «Kim doʻzax ahlidan boʻlgan bir kishiga qaramoqchi boʻlsa, — yaʼni — mana bunga qarasin», dedilar.