وَعَنْ عَطَاءٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: مَا مِنْ مَرَضٍ يُصِيبُنِي أَحَبَّ إِلَيَّ مِنَ الْحُمَّى، لأَنَّهَا تَدْخُلُ فِي كُلِّ عُضْوٍ مِنِّي، وَإِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ يُعْطِي كُلَّ عُضْوٍ قِسْطَهُ مِنَ الأَجْرِ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Menga yetadigan kasalliklardan hech biri menga isitmadan koʻra suyukliroq emas. Chunki u mening har bir aʼzoyimga kiradi va, albatta, Alloh azza va jalla har bir aʼzoga ajrdan oʻz ulushini beradi.