حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ بِشْرٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا قَبِيصَةُ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ رَبَاحٍ، عَنْ أَبِي عُبَيْدِ اللهِ، عَنْ مُجَاهِدٍ قَالَ: لَقِيَنِي رَجُلٌ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَأَخَذَ بِمَنْكِبِي مِنْ وَرَائِي، قَالَ: أَمَا إِنِّي أُحِبُّكَ، قَالَ: أَحَبَّكَ الَّذِي أَحْبَبْتَنِي لَهُ، فَقَالَ: لَوْلاَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا أَحَبَّ الرَّجُلُ الرَّجُلَ فَلْيُخْبِرْهُ أَنَّهُ أَحَبَّهُ مَا أَخْبَرْتُكَ، قَالَ: ثُمَّ أَخَذَ يَعْرِضُ عَلَيَّ الْخِطْبَةَ قَالَ: أَمَا إِنَّ عِنْدَنَا جَارِيَةً، أَمَا إِنَّهَا عَوْرَاءُ.
Mujohid (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ sahobalaridan bir kishi menga roʻpara keldi va orqamdan yelkamdan ushlab: «Bilginki, men seni yaxshi koʻraman», dedi. Men: «Sen meni Kimning (roziligi) uchun yaxshi koʻrgan boʻlsang, oʻsha Zot seni yaxshi koʻrsin», dedim. Shunda u: «Agar Rasululloh ﷺ: ‹Kishi biror kishini yaxshi koʻrsa, uni yaxshi koʻrishini unga bildirsin›, demaganlarida edi, men senga aytmagan boʻlardim», dedi. Soʻngra u menga (qarindoshini) nikohlab olishni taklif qila boshlab: «Bizda bir joriya bor, lekin u bir koʻzi koʻrdir», dedi.