حَدَّثَنَا أَبُو حَفْصِ بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ وَهْبٍ قَالَ: رَأَيْتُ مُحَمَّدَ بْنَ عَبْدِ اللهِ بْنِ أُسَيْدٍ إِذَا رَكِبَ، وَهُوَ مُحْرِمٌ، وَضَعَ ثَوْبَهُ عَنْ مَنْكِبَيْهِ، وَوَضَعَهُ عَلَى فَخِذَيْهِ، فَقُلْتُ: مَا هَذَا؟ قَالَ: رَأَيْتُ عَبْدَ اللهِ يَفْعَلُ مِثْلَ هَذَا.
Amr ibn Vahb (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Muhammad ibn Abdulloh ibn Usaydni koʻrdim: u ehromda boʻlib, ulov minganida, ridosini yelkalaridan olib, sonlari ustiga qoʻyar edi. Men: «Bu nima?» deb soʻradim. U: «Men Abdullohning shunday qilganini koʻrgan edim», dedi.