حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ خَالِدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ إِسْحَاقَ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: أَهْدَى رَجُلٌ مِنْ بَنِي فَزَارَةَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم نَاقَةً، فَعَوَّضَهُ، فَتَسَخَّطَهُ، فَسَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم عَلَى الْمِنْبَرِ يَقُولُ: يَهْدِي أَحَدُهُمْ فَأُعَوِّضُهُ بِقَدْرِ مَا عِنْدِي، ثُمَّ يَسْخَطُهُ وَايْمُ اللهِ، لاَ أَقْبَلُ بَعْدَ عَامِي هَذَا مِنَ الْعَرَبِ هَدِيَّةً إِلاَّ مِنْ قُرَشِيٍّ، أَوْ أَنْصَارِيٍّ، أَوْ ثَقَفِيٍّ، أَوْ دَوْسِيٍّ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Banu Fazoradan bir kishi Nabiy ﷺga, oʻzlari Gʻobada qoʻlga kiritgan tuyalaridan bir urgʻochi tuyani hadya qildi. U zot uning evaziga bir oz badal berdilar, lekin u norozi boʻldi. Shunda men Rasululloh ﷺning ushbu minbar ustida shunday deyayotganlarini eshitdim: ‹Arablardan baʼzi kishilar menga hadya beradilar, men esa qoʻlimdagiga qarab uning evazini beraman, soʻng u norozi boʻladi va menga nisbatan noroziligida davom etadi. Allohga qasamki, shu turishimdan keyin arablardan biron kishidan — Qurayshiy yoki ansoriy yoki saqafiy yoki davsiydan boshqa — hadya qabul qilmayman›», dedi. Bu hadis hasandir va u Yazid ibn Horunning Ayyubdan (rivoyat qilgan) hadisidan asahhdir.