فَأَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَيُّ الدُّعَاءِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: سَلِ اللَّهَ الْعَفْوَ وَالْعَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، ثُمَّ أَتَاهُ الْغَدَ فَقَالَ: يَا نَبِيَّ اللهِ، أَيُّ الدُّعَاءِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: سَلِ اللَّهَ الْعَفْوَ وَالْعَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، فَإِذَا أُعْطِيتَ الْعَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ فَقَدْ أَفْلَحْتَ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ oldiga kelib: «Yo Rasululloh, qaysi duo afzal?» dedi. U: «Robbingdan dunyo va oxiratda avf va ofiyat (sogʻ-salomatlik) soʻra», dedilar. Soʻng u ikkinchi kuni kelib: «Yo Rasululloh, qaysi duo afzal?» dedi. U: «Robbingdan dunyo va oxiratda avf va ofiyat soʻra», dedilar. Soʻng u uchinchi kuni kelib: «Ey Allohning nabiysi, qaysi duo afzal?» dedi. U: «Robbingdan dunyo va oxiratda avf va ofiyat soʻra. Agar senga dunyo va oxiratda avf va ofiyat berilsa, albatta najot topgan boʻlasan», dedilar.