حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا سَلَمَةُ بْنُ وَرْدَانَ قَالَ: سَمِعْتُ أَنَسًا، وَمَالِكَ بْنَ أَوْسِ بْنِ الْحَدَثَانِ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ يَتَبَرَّزُ فَلَمْ يَجِدْ أَحَدًا يَتْبَعُهُ، فَخَرَجَ عُمَرُ فَاتَّبَعَهُ بِفَخَّارَةٍ أَوْ مِطْهَرَةٍ، فَوَجَدَهُ سَاجِدًا فِي مِسْرَبٍ، فَتَنَحَّى فَجَلَسَ وَرَاءَهُ، حَتَّى رَفَعَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم رَأْسَهُ فَقَالَ: أَحْسَنْتَ يَا عُمَرُ حِينَ وَجَدْتَنِي سَاجِدًا فَتَنَحَّيْتَ عَنِّي، إِنَّ جِبْرِيلَ جَاءَنِي فَقَالَ: مَنْ صَلَّى عَلَيْكَ وَاحِدَةً صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ عَشْرًا، وَرَفَعَ لَهُ عَشْرَ دَرَجَاتٍ.
Molik ibn Avs ibn al-Hadason (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ hojat chiqarish uchun chiqdilar, biroq oʻzlariga ergashadigan hech kimni topmadilar. Shunda Umar sopol koʻza yoki tahorat idishini olib, u zotning orqalaridan chiqdi. U zotni bir soylikda sajda qilayotgan holda topdi-da, chetga chekinib, orqalarida oʻtirdi. Nihoyat Nabiy ﷺ boshlarini koʻtardilar va: «Yaxshi qilding, ey Umar! Meni sajdada topganingda mendan chetga chekinding. Darhaqiqat, Jibril oldimga kelib: ‹Kim senga bir marta salavot aytsa, Alloh unga oʻn marta salavot aytadi va uni oʻn daraja koʻtaradi›, dedi», dedilar.